28/07/2023

Xorazm viloyatidan  2023- yil yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 56,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 63,3 ming tonna meva-sabzavot eksport qilindi.

 Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 50,1 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 34,9 % ni tashkil etdi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (52,1 %), Rossiya (34,3 %), Qozog‘iston (10,7 %) hamda Polsha (0,7 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati