28/07/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning yanvar-iyunida viloyatimizda qayd etilgan nikohlar soni 7 698 tani tashkil qilgan.

2022- yilning shu davriga nisbatan nikohlar soni 376 taga kamaygan.

Har 1000 aholiga nikoh koeffitsienti 7,9 promillega teng bo‘lgan.

Hududlar ichida eng ko‘p nikoh holatlari Xonqa (778 ta), Qo‘shko‘pir (770 ta), Hazorasp (757 ta) va Urganch (673 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati