28/07/2023

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 18 845 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,3 promilleni tashkil etdi.

Tug‘ilganlarning 7213 nafari shahar, 11 632 nafari qishloq aholisi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2021-2023- yillarda (yanvar-iyun oylarida) qayd etilgan tug‘ilish holatlari dinamikasi:

2021- yilda – 16 584 ta

2022- yilda – 17 490 ta

2023- yilda – 18 845 ta.

 

 

Axborot xizmati