Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan bozor kuzatuvlari natijalari uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 977,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,6 % ga oshganini ko‘rsatdi.
Shundan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 463,6 mlrd so‘mni ( o‘sish sur’ati 109,7 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 514,3 mlrd so‘mni tashkil etdi (100,7 %).
Axborot xizmati