Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1408,4 mlrd so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich jami qurilish ishlari hajmining 56,8 %iga to‘g‘ri keldi.
2022- yilning mos davriga nisbatan qurilish ishlarining o‘sish sur’ati 105,0 %ni tashkil etgan.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Urganch shahriga (343,4 mlrd so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 24,4 %) va Xiva tumaniga (213,5 mlrd so‘m yoki 15,2 %) to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati