Xorazm viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning 6 oyida 4 827,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,2 % ga ko‘paydi.
Viloyatning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 93,5 % ni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori daraja Tuproqqal’a (99,9 %), Yangiariq (99,4 %), Gurlan (99,3 %) tumanlarida qayd etilgan.
Axborot xizmati