Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 2023- yil yanvar – iyun oylarida barcha transport turlari tomonidan 18,0 mln tonna yuk tashilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 %ni tashkil etdi.
Xorazm viloyatining tuman va shaharlari bo‘yicha tashilgan yuk hajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinni Urganch tumani (2 699,1 ming t) egalladi.
Viloyat bo‘yicha tashilgan jami yukning 15,0 % ushbu tuman hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar Urganch shahri (2 267,2 ming t) va Xiva tumanida (2 218,8 ming t) qayd etilgan.
Axborot xizmati