Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 141,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 2,4 % ga, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,1 %ga teng bo‘lgan.
Shahar va tumanlar o‘rtasida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida Urganch shahrining ulushi 49,1 %ni tashkil etdi.
Keyingi o‘rinlarda Hazorasp (11,5 %) va Qo‘shko‘pir (10,1 %) tumanlarining ulushi yuqori bo‘lgan.
2022- yilga nisbatan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarning yuqori o‘sish sur’ati Urganch ( 150,1 %) va Xiva shaharlarida (110,2 % ) qayd etildi.
Axborot xizmati