20/07/2023

Bugun, 20- iyul kuni viloyat statistika boshqarmasining Narx statistikasi bo'limi boshlig'i Sh.Babajanov Urganch shahridagi “To‘maris-Nur” gipermarketida iste’mol narxlari indeksi (INI)ning navbatdagi kuzatuvini o‘tkazdi.


Mazkur kuzatuv oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishini qiyosiy o‘rganishga qaratilgan.
Kuzatuv davomida shahar statistika bo'limi bosh mutaxassisi Sh.Davletov bilan birgalikda savdo majmuasida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘rganildi.



Axborot xizmati