20/07/2023

Xorazm viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 4,0 foizni tashkil etdi va 1 053 taga yetdi.

2022- yilning mos davri bilan solishtirganda soha korxonalari soni 140 taga oshgan (o‘sish sur’ati 115,3%).

Yuqori o‘sishga:

quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining 10,6 %ga

ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishidagi korxonalar sonining 28,4 %ga

pochta va kuryerlik yo‘nalishi korxonalarining 62,5 %ga

havo transporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar sonining 4,5 marta oshishi ta’sir ko‘rsatdi.

 

Axborot xizmati