Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan tanlanma kuzatuvlari uy xo‘jaliklari turmush darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Reja asosida viloyatimizning barcha hududlarida o‘tkazib kelinayotgan kuzatuvlarning navbatdagisi bugun, 18- iyul kuni Xiva shahrining “Angarik” mahallasida tashkil etildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi Yu.Polvonovalar mahalladan kuzatuvga tushgan V.Iskandarov xonadonida so‘rovnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Axborot xizmati