Bugun, 18- iyul kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov boshqarmaning Narxlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov bilan birga Hazorasp tumanidagi “Daily group eco” savdo do‘konida 12 narx iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdi.
Mazkur kuzatuv oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishini qiyosiy o‘rganishga qaratilgan.
Kuzatuv davomida savdo majmuasida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘rganildi hamda hududiy statistika bo‘limi narx registratori tomonidan oldingi kuzatuvlarda qayd etilgan narx indekslarining aniqligi va shaffofligiga alohida e’tibor qaratildi.
Axborot xizmati