18/07/2023

Urganch tumani 2023- yilning yanvar-may oylarida xorijga 13,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar (xizmat)lar eksportini amalga oshirgan.

Ushbu ko‘rsatkich tuman tashqi savdo tovar aylanmasining 56,5 %ini tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,1 %ga ko‘paygan.

Eksport tarkibida MDH davlatlarining ulushi 59,4 %ni, boshqa xorijiy davlatlarning ulushi 40,6 %ni tashkil etgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti tuman eksportining 37,3 %ini yoki 5,1 mln dollarni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati