Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- iyul holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 593 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.
2022- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 19 taga oshgan.
Soha korxonalarining yo‘nalishlar bo‘yicha tarkibi:
sog‘liqni saqlash yo‘nalishi – 557 ta (o‘sish sur’ati 2022- yilning 1- iyuliga nisbatan 103,3 %)
yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishi – 24 ta (96,0 %)
yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi – 12 ta (120,0 %).
Faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 513 ta yoki 86,5 %i tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati