17/07/2023

2023- yilning yanvar-may oylarida Qo‘shko‘pir tumanida 239,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,7 %ni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi o‘rtacha 1337,4 ming so‘m darajada qayd etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori  hajm savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 75,6 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmning 31,5 %ni tashkil etgan.

Xizmatlar hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 77,7 %ni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati