Xonqa tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar–may oylarida 28,8 mln AQSH dollarni tashkil etib, uning 50,1 %i eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2022- yilning mos davriga nisbatan tumanning mahsulot eksporti hajmi 14,3 %ga ko‘paygan va 14,4 mln dollarga yetgan.
Eksport umumiy hajmining 17,8 %i MDH davlatlari, 82,2 %i boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eksport tarkibida yuqori hajmga ega tovarlar:
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 9,6 mln dollar
sanoat tovarlari – 4,3 mln dollar
ichimliklar va tamaki – 0,5 mln dollar.
Axborot xizmati