13/07/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Bardiyev bugun, 13- iyul kuni Yangiariq tumanidagi “Kattabog‘” mahallasidan tanlanma kuzatuvga tushgan B.Ro‘zmetov xonadonida  uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.
So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondent N.Vaisovadan olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi  N.Ro‘zmetova qayd etib bordi.

Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.




Axborot xizmati