13/07/2023

2023- yilning yanvar-may oylarida Bog‘ot tumanida hajmi 257,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

2022- yilning shu davriga nisbatan xizmatlar hajmi 2,4 %ga oshgan.

Aholi jon boshiga xizmatlar o‘rtacha hajmi – 1490,7 ming so‘mni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 76,1 mlrd so‘m (jamiga nisbatan ulushi 29,5%)ni tashkil qilgan.

Xizmatlar sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 75,1 %ga teng bo‘lgan.

 

 

 

Axborot xizmati