13/07/2023

  2023- yil yanvar-may oylarida Qo‘shko‘pir tumanida 110,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,4 %ga oshgan.

Jami hajmda norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlarining ulushi 36,0 %ni yoki  39,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Norasmiy sektorning qurilish ishlari hajmi tarkibida yangi turar joylar qurilish hajmi 26,1 mlrd so‘mni, yangi noturar joylar qurilishi – 11,5 mlrd so‘mni, turar joylarni ta’mirlash ishlari 2,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 

 

Axborot xizmati