13/07/2023

Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar–may oylarida 15,4 mln AQSH dollarni tashkil etib, uning 92,6 %i eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning mos davriga nisbatan tumanning mahsulot eksporti hajmi 2,2 marta ko‘paygan va 14,3 mln dollarga yetgan.

Eksport tarkibida yuqori hajmga ega tovarlar:

oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 6,3 mln dollar

har xil tayyor mahsulotlar – 5,7 mln dollar

sanoat tovarlari – 2,2 mln dollar.

 

Axborot xizmati