2023- yilning 12- iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi L. Djabborovalar Urganch tumanida navbatdagi uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazdilar.
O‘rganish ishlari tumandagi “Orzu” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro S.Qanotboyeva xonadonida olib borildi.
Kuzatuv dasturi asosida tashkil qilingan suhbat jarayonida respondent B.Bulatovdan uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.
Axborot xizmati