Joriy yilning 5 oyi yakunlari bo‘yicha viloyatimiz xorijiy davlatlarga qiymati 52,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan.
Eksport tarkibida eng katta ulush meva va sabzavotlar – 86,9 % (45,3 mln dollar) va don mahsulotlari - 12,3 % (6,4 mln dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan davlatlar:
Pokiston – 30,6 mln dollar
Rossiya Federatsiyasi – 12,7 mln dollar
Qozog‘iston – 4,9 mln dollar.
Axborot xizmati