10/07/2023

Xorazm viloyati 2023- yilning  yanvar-may oylarida xorijiy davlatlardan qiymati 4,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallarni import qilgan.

Bu ko‘rsatkichning jami importdagi ulushi 1,9 %ni tashkil qilgan.

Mahsulot importi 2022- yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,6 marta oshgan.

 

 

Axborot xizmati