10/07/2023

2023 -yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 143,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning 5 oyiga nisbatan 13,9 %ga oshgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida bino va inshootlar qurilish hajmi 84,5 mlrd so‘mni, fuqarolik obyektlari qurilishi – 52,1 mlrd so‘mni, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 6,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Tumanda bajarilgan jami qurilish ishlarining 42,8 %i yoki 61,4 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

 

Axborot xizmati