Shovot tumani sanoatida shu yilning yanvar-may oylarida umumiy hajmi 337,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmida to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi 69,6 %ni yoki 234,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Bu ko‘rsatkich viloyatda shu davrda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarining 3,1 %ini tashkil qilgan.
2023- yilning 5 oyida tuman ishlab chiqaradigan sanoatida eng yuqori ulush yirik sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 82,1 % (277,2 mlrd so‘m)ni tashkil etgan.
Axborot xizmati