07/07/2023

Shu kunlarda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik bevosita joylarga chiqqan holda, turar va noturar joylarning raqamlanganligi, ko‘chalarning nomlanganligini monitoring qilish orqali tashkil etilmoqda. Bu jarayonda shu hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari faollarining ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘tkazilayotgan monitoring ishlari natijasida olingan ma’lumotlar viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limiga taqdim etilib, aniqlangan kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Bu o‘z navbatida ro‘yxatga olish jarayonining uzluksiz tashkil etilishiga zamin yaratadi.

Suratlarda: o‘rganish ishlari viloyatimizning  Yangiariq, Yangibozor va Hazorasp tumanlarida olib borilmoqda.

 

 

Axborot xizmati