07/07/2023

2023- yilning yanvar-may oylarida Bog‘ot tumanida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 106,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning 5 oyiga nisbatan 7,6 %ga oshgan.

Tumanda bajarilgan jami qurilish ishlarining 60,2 %i yoki 64,0 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning yanvar-mayi bilan solishtirilganda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 116,1 %ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati