06/07/2023

2023- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 119,7 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvar-mayiga nisbatan 2,6%ga oshdi.

Savdo hajmining 81,1%i yoki 97,1 mlrd so‘mi tumanda faoliyat yuritayotgan 514 ta kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, yirik korxonalarning savdo hajmi 4,4 mlrd so‘mni, uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 18,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati