05/07/2023

Joriy yilning 5- iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyueri A.Qurbonovlar Hazorasp tumanida navbatdagi uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazdilar.

O‘rganish ishlari tumandagi “Munis Xorazmiy” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro J.Haydarov va M.Boltayevlar xonadonida olib borildi.

Kuzatuv dasturi asosida tashkil qilingan suhbat jarayonida respondentlardan uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.



Axborot xizmati