04/07/2023

Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar ulgurji savdo tovar aylanmasi 381,8 mlrd so‘mni tashkil etib, eng yuqori hajm Urganch tumani (176,3 mlrd so‘m), Urganch shahri (79,2 mlrd so‘m) va Gurlan (60,4 mlrd so‘m) tumanlarida kuzatildi.

Ma’lumot uchun: 2023- yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 32 tani tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati