Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p elektromobillarni Xitoydan import qilgan.
O‘zbekiston 5 oyda 10 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan. Eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:
— Xitoy – 3 480 ta
— Gonkong – 256 ta
— Germaniya – 42 ta
— BAA – 16 ta
— Koreya – 11 ta
— AQSH – 6 ta
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2846 taga yoki qariyb 4 barobarga oshgan.
Matbuot xizmati