03/07/2023

Joriy yilning 3- iyul sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  “Huquqiy targ‘ibot” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.

2023- yilning 16- iyunida qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi (O‘RQ-848-son) Qonunining targ‘ibotiga bag‘ishlangan mazkur tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov  qabul qilingan qonun bilan amaliyotga kiritilayotgan o‘zgarishlar, xususan, ishga tushiriladigan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Yuridik xizmat” axborot tizimlarining ish tartibi, aholining qaysi toifalariga qanday tartibda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi xususida ma’lumot berib o‘tdi.


Axborot xizmati