22/06/2023

2023- yilning 22- iyun kuni  Urganch shahridagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasida joylashgan “Vatanparvar” tashkiloti xodimlari va tinglovchilarini O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi (2021- yil 12- avgust) O‘RQ- 707-sonli hamda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi (2020- yil 16- mart) O‘RQ- 611- sonli Qonunlarining mazmuni bilan tanishtirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Sohaga oid ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ulardan kelib chiqadigan vazifalar xususida viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.
O‘z o‘rnida seminar yakunida ishtirokchilarning mavzuga doir savollariga  batafsil javoblar berib o‘tildi.


Axborot xizmati