21/06/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari hududlardagi bo‘lim xodimlari bilan birgalikda viloyatimiz bo‘ylab raqamlanmagan xonadonlar, nomlanmagan ko‘chalar soni, mahallalar kesimida xaritalarga kiritilmagan yangi turar va noturar joylarning mavjudligini aniqlab, uni monitoring qilib, mahalliy hokimliklar, kadastr idoralari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tegishli ishlarni tashkil etmoqdalar.

Navbatdagi monitoring ishlari Xiva shahridagi “Gulshan -2” mahallasida o‘tkazildi. Unda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov, bo‘lim boshlig‘i A.Jumaniyozovlar ishtirok etishdi.

Ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etishda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda amaliy ishlarni bajarilishi, xususan xonadonlarni raqamlashtirishdan tortib ko‘chalarni nomlanishi, mahallalarning kartografik chizmalarini qayta ishlab chiqilishigacha bo‘lgan ishlardagi kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadga muvofiqdir.

 

Axborot xizmati