20/06/2023

2023- yilning 20- iyun kuni Xiva tumanidagi “Khiva Silk Fabrik” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbiri doirasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasining sohaga oid “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi (2021- yil 12- avgust) 707-sonli hamda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi (2020- yil 16- mart) 611- sonli Qonunlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda statistika idoralari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, ularni ijro qilish mexanizmlari xususida bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.




Axborot xizmati