19/06/2023

Shu yilning 16- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlar tomonidan qayta tiklanuvchi energya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 2023- yil 14- iyunda qabul qilingan 247-sonli Qarorining mazmuni bilan jamoani tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminarda ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uning qabul qilinishi bilan amalga joriy qilinadigan o‘zgarishlar xususida bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.

Seminarda hududiy boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy bo‘limlarning boshliqlari (onlayn) ishtirok etishdi.



Axborot xizmati