16/06/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov bugun, 16- iyun kuni Urganch tumanida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

Choraklik o‘tkaziladigan ushbu kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlarning faoliyati o‘rganildi.

So‘rovnoma asosida  yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlardan olingan ishlab chiqarilgan barcha sanoat mahsulotlari (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, sanoat xarakteridagi xizmatlar)ning miqdori va qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.

 

 

Axborot xizmati