Yangiariq tumanida chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan 524 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida 107,1 mlrd so‘mlik savdo tovar aylanmasi amalga oshirilgan.
Bu ko‘rsatkich umumiy hajmning 82,2%ini tashkil qilgan.
2023- yilning 4 oyida Yangiariq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 130,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,4%ga oshgan.
Axborot xizmati