Viloyatimizda joriy yilning yanvar-may oylarida 2 423 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.
2022- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 6,6 %ga oshgan.
Yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari sonining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sishi savdoda 759 tadan 1 086 taga (o‘sish 327 taga), tashish va saqlashda – 85 tadan 151 taga (o‘sish 66 taga), yashash va ovqatlanishda – 107 tadan 123 taga (o‘sish 16 taga) ko‘paygan.
Axborot xizmati