Xorazm viloyatida 2023- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning 4,0 foizni tashkil etdi.
2022- yilning mos davriga nisbatan sohadagi korxonalar soni 135 taga oshgan (o‘sish sur’ati 115,2 foiz).
Tashish va saqlash sohasidagi korxonalar sonining xizmatlar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘sish sur’ati:
quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar - 111,4 foiz
ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishida - 127,1 foiz
pochta va kuryerlik yo‘nalishida - 150,0 foiz
havo transporti yo‘nalishida - 166,7 foiz.
Axborot xizmati