2023- yilning 13- iyun kuni Qo‘shko‘pir tumanida “Shixmashhad” mahallasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-707-sonli) va 2019- yil 9- aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4273-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati mahalla faollariga tanishtirildi.
Shu kuni tuman statistika bo‘limiga tashrif buyurgan tadbirkorlik subyektlari yuqoridagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi hamda ularga statistika hisobotlarini o‘z vaqtida va to‘liq topshirishning muhimligi tushuntirildi.
Axborot xizmati