13/06/2023

     2023- yilning 12-13- iyun kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahri va Gurlan tumanida narx kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalarida navbatdagi iste’mol narxlar indeksi (INI) kuzatuvi o‘tkazildi.

     Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov (Gurlan tumani) va birinchi o‘rinbosari X.Egamov (Urganch shahri) hududiy bo‘limlarning narx registratorlari bilan birgalikda narx ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini qiyosiy o‘rganishdi va olingan ma’lumotlarni planshetlarga qayd etib borishdi.


    

     O‘z o‘rnida mas’ullar tomonidan narx registratorlariga kuzatuvlarda asosiy e’tibor qaratilishini lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan  tavsiya va takliflar bildirildi.

     12-  narx (iste’mol) kuzatuvlari oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi narxlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

 

 Axborot xizmati