Shovot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-aprelida 193,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,9 %ga oshgan.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida:
yirik korxonalar hajmi – 8,5 mlrd so‘m
kichik biznes subyektlari – 89,7 mlrd so‘m
uyushmagan savdo hajmi – 95,7 mlrd so‘m.
Tumanda chakana savdo sohasida 2023- yilning 1- may holatiga 869 ta kichik biznes subyektlari faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati