06/06/2023

Xiva shahrida 2023- yilning 1- may holatiga 50 ta sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyat yuritib, ular tomonidan hajmi 1,7 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Umumiy bozor xizmatlari hajmida sog‘liqni saqlash xizmatlarining ulushi  1,0 %ni tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida shaharda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 167,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xiva shahrining xizmatlar tarkibida savdo (32,2%), transport (16,6%) va moliyaviy (11,4%) xizmatlarning ulushi yuqori bo‘lgan.

 

Axborot xizmati