Xorazm viloyati shu yilning 4 oyida xorijga qiymati 35,0 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan to'qimachilik iplari, matolar va shunga o'xshash mahsulotlarni eksport qilgan.
2022- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmining o‘sish sur’ati 105,0 %ni tashkil etgan.
To'qimachilik iplari, matolar va shunga o'xshash mahsulotlar sanoat tovarlari eksportining 88,0 %ini tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: 2023- yilning yanvar-aprel oylarida Xorazm viloyati xorijga 39,9 mln dollarlik sanoat tovarlarini eksport qilgan.
Axborot xizmati