06/06/2023

2023- yilning  5- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Urganch avtomobil va yo‘llar texnikumida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminar o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Jumaniyozov va bosh mutaxassisi I.Polvonovalar qatnashdilar.

Seminarda  ta’lim muassasasining pedagogik jamoasi hamda o‘quvchilariga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir  yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.

 

                                                                  
     

Axborot xizmati