05/06/2023

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 2 019,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

 Shundan, havo transportida kelgan sayyohlar 311,2 ming kishini (15,4 %), temir yo‘l orqali kelganlar – 29,1 ming kishini (1,4 %), avtomobil transportida kelganlar – 9,6 ming kishini (0,5 %) tashkil etgan.

 Sayyohlarning eng ko‘p qismi, ya’ni 1 669,4 ming nafari (82,7 %) piyoda kelgan (asosan qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda o‘tishgan).

 

Matbuot xizmati