02/06/2023
	
	
		
						
	
		
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 61 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 72 ming tonna polietilen eksport qilgan.
 
  Polietilen eksporti hajmi o‘tgan 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 16 ming tonnaga kamaygan.
 
  2023- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston  eng ko‘p polietilen eksport qilgan davlatlar:
 
  Turkiya – 32,2 ming tonna 
 
  Xitoy – 12,4 ming tonna
 
 Latviya – 11,4 ming tonna 
 
 Rossiya – 7,7 ming tonna
 
 Qozog‘iston – 4,6 ming tonna
 
 Gruziya – 1,2 ming tonna
 
 Buyuk Britaniya – 907,5 tonna 
 
 Niderlandiya – 557 tonna 
 
 Portugaliya – 371,3 tonna
Matbuot xizmati