2023- yilning 30- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari X.Egamov va Bogʻot tumani statistika boʻlimi bosh mutaxassisi M.Xudayberganovlar tomonidan xizmat koʻrsatish sohasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini oʻrganish maqsadida tanlanma kuzatuv olib borildi.
Tanlanma kuzatuvdan koʻzlangan maqsad, oʻz-oʻzini band qilgan va yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning xizmatlar boʻyicha ish hajmini oʻrganishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda kuzatuv uchun masʼul tuman statistika boʻlimi xodimlariga oʻrganish ishlarini sifatli va shaffof olib borish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati