30/05/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 30- avgust kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari R.Kamalov, A.Atayevlar, Urganch tumani adliya boʻlimi boʻlim boshligʻi J.Otajonov va mutaxassisi S.Yaqubovlar ishtirok etishdi.

Seminarda ishtirokchilar iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda turli xildagi salbiy holatlarga sabab boʻlayotgan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishda har birimiz bilishimiz kerak boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtdilar va hududiy boshqarma xodimlarining mavzuga doir savollariga batafsil javob berdilar.



Axborot xizmati